Zuhra Qurbon Shahrisabziya.

TANIMOQ


Men nimadan yaralganma?
Tuproqning ildizidanmi,
Osmon qobirg‘asidanmi,
Yoki shamol izidanmi?


Balki shafaq hayosidan,
Chuchmomaning nozidanmi?
Iztirob-u xurramlikning
Anchasi yo ozidanmi?


Ayo, yaxshimi, yomonning
Bittasi yo barchasimi?
Yoxud Ishqdan bunyod etgan
Men Tangrining parchasimi?


Nimaga men yaralganman?


2011 yilGulshamol kitobidan.
Zuhra Qurbon Shahrisabziya.
O‘zbekiston.

www.kafiye.net