Kategoriler

Arşivler

Zuhra Qurbon Shahrisabziya Kategoriler

Tarih 8 Mar 2025 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

Bahor Tuni

Bahor Tuni Bahor tuni. Havosi nafis. Quyiladi qamar shu’lasi Mavjlanar jannatiy hissiyot, qadamsiz tushlarning ko’lkasi To’lqinlatar yel dilbar tunning kavkab anbar kokillarini Shahrisabz uxlaydi masrur quchib ma’vo sohillarini Sohir onlar musiqasida anglaydi dil ezgu uzroni… G’unchalarning badani esa afsun etar oshiq dunyoni… Zuhra Ochilova Zuhro www.kafiye.net

Tarih 21 Eyl 2024 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

NAFARMONLIK

NAFARMONLIK Kuz bo‘lgan bahorning o nafarmon tuyg‘ulari So‘lg‘indir yuzi, so‘lg‘in yalpizbo‘y kulgulari Nafarmon bahorning o yashilligi endi tush Quzg‘unlar yulib qochgan chechaksiz bag‘ri bo‘m-bo‘sh Mung‘ayib bahorning o nuradi ovozlari Nafarmon kun kiftiga qo‘ndi qishning g‘ozlari… 2005-yil. Zuhra Qurbon Shahrisabziya НАФАРМОНЛИК Куз бўлган баҳорнинг о нафармон туйғулари Сўлғиндир юзи, сўлғин ялпизбўй кулгулари Нафармон баҳорнинг о яшиллиги […]

Tarih 21 Eyl 2024 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

NEGADIR

NEGADIR Otashin kuzakda Negadir qorishar Pasayib osmon… Otashin kuzakda Negadir yerga yaqin Kelar Xudolik…. 20.09.2024. Zuhra Qurbon Shahrisabziya. НЕГАДИР Оташин кузакда Негадир қоришар Пасайиб осмон… Оташин кузакда Негадир ерга яқин Келар Худолик… 20.09.2024. Зуҳра Қурбон Шаҳрисабзия.www.kafiye.net

Tarih 9 Eyl 2024 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

KUZ QORALAMASI /КУЗ. ҚОРАЛАМАСИ

KUZ QORALAMASI Turnalari. uchdi. Multaydi atrof. G‘alati botiqlik “uh” ni yutinar. Oxirgi mevasi yemish qurtlarga, Soyasi keksaygan murut o‘kinar. Shunshayib oladi o‘z burchagida, Xashaki o‘tlarning so‘lg‘inlik holi. Qoralama kuzni boshlab bergandek, Uzilib eshilar nizomni yoli. Qitmircha shamoli uynagan titib, Uvada bulutlari g‘amni yostig‘i. Toza bo‘shliqda sezilib qolar, Saraton cho‘g‘ining kuyuk qoldig‘i… 2024-yil. Zuhra Qurbon Shahrisabziya. […]

Tarih 24 Ağu 2021 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

DIYOR

DIYOR Bu shunday diyorki, shundayin diyor, Farovon ko‘chalar qladi ishva. Nigohing to‘ymaydi malohatiga, Gap tashlar hazilkash o‘zbekcha sheva. Bu shunday diyorki, shundayin diyor, Birgina “horimang” degani madad. Hotamtoy polizzor siylab qo‘yadi, Bog‘larini mevasin tutadi savat. Bu shunday diyorki, shundayin diyor. Eli mehnati-la yashaydi obod. Hashamga burkangan shahar-u qishloq, Chunki bu zaminning yuragi ozod. Zuhra Qurbon […]

Tarih 10 Ağu 2021 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

YOZGI KECHA

YOZGI KECHA Quyuqlashgan o‘smarang kecha,Nomozshomgullarni kaftida.Sarishtali hovli chehrssi,Ko‘rinadi xushhol aftidan. Yoz esnab qo‘yadi kerishib,Mizg‘imoqda qaldirg‘och ini.Kutmay quygan edi ko‘p zamon,Bedor xayol sog‘inar kimni?… 2021-yil.Zuhra Qurbon Shahrisabziya ( Achilova Zuxra Qurbonovna) www.kafiye.net

Tarih 29 May 2021 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

EYES…

EYES… The globular raindrops, Flew from my eyes, Submerged the pillow with sorrow The night wandered on my eyes Swalliwed silent pain with fhe wet body Sorrowful moments were in deep thought… Zuhra Qurbon Shahrisabziya  (Achilova Zuxra Qurbonovna) Uzbekistan. KO‘ZLAR… Ko‘zlarimda shivalagan yumaloq yomg‘ir G‘amga buktirdi bolishni Ko‘zlarimda kezingan tun Ivib yutindi sassiz og‘riqni So‘lg‘in […]

Tarih 24 May 2021 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

KESH MANZARASI

KESH MANZARASI Kesh. Masjid mezanasida eshitular ko‘klam azoni shudringlari sergaklantirar mydrayorgan cheksiz fazoni to‘yinib olar havoni esnab kerishgan deraza sahgi yelda chayqalar shoyili parda onamni oq mehriday hovlidagi g‘ujg‘ongul olcha bog‘kursida o‘ltirar xayol ham o‘z holicha 2019 yil. Zuhra Qurbon Shahrisabziya (Achilova Zuxra Qurbonovna) O‘zbekiston. www.kafiye.net

Tarih 24 May 2021 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

YASHIL ORZU

YASHIL ORZU yashil qo‘zg‘alish yashil orzudan KESHni yashil sevgisida aylanadi bosh yashil takiya yashil hirqa kiygan ruh yashil samo zikriga tushar cheksiz yashil orzu harakatida g‘oyiblari imlar KESH sevgisin yashil hislari huzurlanar yashil orzusi yashil samo raqsida.. 2019 yil. Zuhra Qurbon Shahrisabziya (Achilova Zuxra Qurbonovna) O‘zbekiston www.kafiye.net

Tarih 25 Mar 2021 Kategori: Zuhra Qurbon Shahrisabziya

NOMSIZ KECHA / İSİMSİZ GECE

NOMSIZ KECHA Ro‘y beradi laylovash kechaning siyratiYaratiqning barmog‘i dumalatganAylanar fazo jismlariSamo hovuchlarudan taram-taramSizadi shu’lalarMo‘hizaviy harakatni etar namoyonFasl nafasi tekkan mavjudotKalimaga kelar tug‘ilmagan nazmlarKuyga kiradi o‘zgacha ohannglarTasvirga kiradi g‘aroyib chizgilarShunday kecha borligini bilmas hissizlarShunday kecha borligin tushunmas g‘aflat 20013 yil.Gulshamol kitobidanZuhra Qurbon Shahrisabziya (Achilova Zuxra Qurbonovna)O‘ZBEKISTON, SHAHRISABZ www.kafiye.net İSİMSİZ GECE Bir kabus olacak Yaratığın parmağı yuvarlak […]