Zuxra Qurbonovna

TOMCHIMAN


Yaratiqning mujgonidagi
tomchisiman “men”liklar ichra
Tomchisiman agar tomchilasam
kurtaklanar novdalar qonib


Ranglanar o‘t, giyoh, chechaklar
Yashillanar tomchimdan hayot
Suvlarda inadi jo‘shqinlik
Qiyofaga kirar xarsanglar


Tovlanadi nurlar tomchimda
Akslanadi sayroqlar ajib
Tomchiman, kulib tomchilasam
g‘amginligin unutadi g‘am.


Paydolanar ko‘ngillarda ishq
kirtaygan mahzun qaroqlarda
Fayzlanar tomchimdan olam
Tomchisiman yaratiq ichra.


2012 yilGulshamol kitobidanZuhra Qurbon Shahrisabziya‘ (Achilova Zuxra Qurbonovna)O‘zbekiston.

www.kafiye.net