TUNGI BEDORLIK

Bezovtalik hukmi kechar ishkomda,
Ilashib qolibdi shamolni sochi.
Eski qo’rg’onning baland devoridan,
Yugurib ketolmas ko’chaga qochib.


G’irillab hurkitar zanjirlangan it,
Hurpayib mudraydi hayot sayrog’i…
Chayqalar ishkomda shu’lalar ipi,
Chigilini eshar uzumbarmog’i…

                                       2020 yil.

OY  MANZARASI

Dalalarga  yopirildi
Shu’lalarni sassiz  po’rtanasi
Tunni qirg’ogidan ko’rindi  to’lin oy
Sog’inch yozgi chaylada boshlar xirgoyi…

                                                  2020 yil.

MUDROQLIK

Mudranib kiradi qo’nalg’aga kuz,
Tashqari to’kilih… mudranib turtgan qush…
Mudranib qaqshaydi g’amni vujudi,
Mudranib tongacha alahsirar tush.


Mudranib turar horg’in daraxtlar,
Mudranib yiltirar qahvatus shudring.
Mudranib bug’lanar parishon havo,
Sen esa qaydadir mudranib yurding.

                                          2020 yil.

DEKABR TUNI

Samo. Gavjum yulduzlar
Sayr etishadi to’yinib
Dekabrning yog’ib o’tgan
Qor hovurini

                   2020 yil.

HOLAT

Yurak – og’ir yuk
Og’ir  tin oladi
Yashab o’tijalak  kechada
Og’ir  boqadi bedorlik…

                                       
2020 yil.Zuhra Qurbon Shahrisabziya. (Achilova Zuxra Qurbonovna) O‘zbekiston.
www.kafiye.net