OROMLANISH

To’rparda hilpirar tun epkinidan,
Hilol aksidan shu’lalanar yotoq,
Shoyi tushagichda xayol cho’zilgan.
Kiprigin soyasida mizg’iydi sevgi,
Tushini avaylab chiqar par yostiq,
Farog’at lavhasi ko’rsatar chiroy.   
          

                                     2020 yil.

TONGA YAQINLIK

Yurak shaklidagi toshni
Uyiq joyida shabnam
To’liqibdi siyoh bo’lgali

                           2020 yil.

ОY

Kechki zaminda
Olisdan hislamoq mumkin
Alvon oy qalbini…

                      2020 yil.

KECHKI TUMANLIK

Ilg’anmas dekabrni poyi
Zulmat tumanidan qag’illagan sharpa
Kesib o’tadi qag’illagn sharpa

                                     2020 yil.

2020 yil.Zuhra Qurbon Shahrisabziya. (Achilova Zuxra Qurbonovna) O‘zbekiston.
www.kafiye.net