TUN QORACHIG’I

Ermakchi vaqt
Chinachog’in tirnog’in kesib
Qayiq qilib oqizdi
Tunning chayqalgan qorachig’iga
Qalqib-qalqib borar qaygadir
Vahimachi anor chuchitadi tushni
Sochilib ketdi kaftidagi  munchoqlari
Sahar chog’iga qadar
Jimirlar tunning qorachig’i
Esnaydi dunyoning eshigi
Ajinalar tentirab kirib-chiqar o’zicha
Tunning qorachig’ida

Men esa
Tun qorachig’i  poyida
Miyamda g’imirlagan ajdodlarimning so’zlarini
Takrorlayman yod olmoq uchun

                                                     
2020 yil.Zuhra Qurbon Shahrisabziya. (Achilova Zuxra Qurbonovna) O‘zbekiston.
www.kafiye.net