Zuhra Qurbon Shahrisabziya  (Achilova Zuxra Qurbonovna)

– 1975 yil 30 noyabrda  O’zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug’ilgan.

Hamza nomidagi Shahrisabz bilim yurtini maktabgacha ta’lim mutaxassisligini tugatgan.

Qarshi Davlat Universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

Ko’p yillardan buyon ma’orif sohasida faoliyat yuritib keladi.

“Yangi Ovoz” Markaziy Osiyo yozuvchilar va tarixchilar uyushmasining O’zbekiston va Afg’oniston koordinatori.

Dunyo Talantari Odag’i (Qozog’iston Respublikasidagi Jahon Iste’dodlari Uyushmasi) a’zosi.

“Qirg’iz ain – jazuuchilari” koomuduk fondu a’zosi.

“Turon birimdigi” Xalqaro medal sohibi.

Mangulik da’vati (1996 yil), Qashqadaryo bayozi (2009 yil), Teran ildizlar (2014 yil), Hayot chashmalari (2015 yil), Kengliklar shovuri (2018 yil), Kesh hilqatlari (2018 yil), Turan uchqundari (2019 yil Qirg’iziston), Do’stlik chamanida ungan chechaklar (2020 yil), Qiz – g’umir (2020 yil, Qozog’iston) antalogiyalarida ijod namunalari kiritilgan.

U Moviy ifor (2006 yil), Gulshamol (2013 yil), Taftli oshiyon (2016 yil), Sezimlar hisi (2018 yil), Novebr Breath (Noyab nafasi, ingliz tilida, 2020 yil, AQSH) nomli she’riy to’plamlari muallifi.

Respublika va Xalqaro ilmiy-amaliy-uslubiy anjumanlari to’mlamida ilmiy maqolalari nashr etilgan.

SOYALAR TAJASSUMI

Tunning soyasida
Yiriklashib qaraydi ko’zlar
Daraxtlar soyasi alvasti holiga kirib
Gapga kirmas tirmizaklarga
Tahdid etar o’zicha
Ko’rpaga o’ranib oladi qo’rquv

Horg’inlik soyasi parvosiz esnab qo’yar
Ostonada qo’riqchi qo’log’I ding kuchuni soyasi
Pisib suypalangan mushukni soyasini xushlamas
Oyni ko’kka otgan qovurg’asi qirsilar tunni
Shu’lalanr soyalarni shakli
Chirildoq soyasi eslatmoq bo’lar unutiqlarni
Qurbaqa soyasi ariqni labida vaqillar sukunat qulog’iga
Allamahal oralab hovlifagi chamanni
Mayin tebratadi shabboda
Yozgi tunning soyalarini

                          2020 yil.

www.kafiye.net