Şair ve Yazarların Buluşma Sayfası

Zuhra Qurbon Shahrisabziya

MUSHUK BOLASI

Email :3

MUSHUK BOLASI


Mallatusli mushukcha sho‘rlik,
Yo‘l chetida yotardi o‘lib.
Ochiq qolgan ko‘zchalarida,
Ko‘rinardi oftobcha kulub.


Boqayapman atrofga… nechuk,
Menga hayot ko‘rinar xira.
Mushukchaning yorishi biroq,
O‘xshamasdi o‘lganga sira.


Sovuqdanmi yoku ochlikdan,
Tonga yaqin uzilgan joni.
Bilamanki, mushujcha hali
To‘yinmagan mehrga qonib.


Mushukchani jajji jasadin,
Chiqindiga eltadi farrosh.
O’limiga sababchi bo‘lgan,
Qizig‘i yo‘q, etilmaydi fosh.


2021 yil.Zuhra Qurbon Shahrisabziya ( Achilova Zuxra Qurbonovna )
www.kafiye.net

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Related Posts