Şair ve Yazarların Buluşma Sayfası

Zuhra Qurbon Shahrisabziya

DIYOR

Email :3

DIYOR



Bu shunday diyorki,

shundayin diyor,

Farovon ko‘chalar qladi ishva.

Nigohing to‘ymaydi malohatiga,

Gap tashlar hazilkash o‘zbekcha sheva.




Bu shunday diyorki,

shundayin diyor,

Birgina “horimang” degani madad.

Hotamtoy polizzor siylab qo‘yadi,

Bog‘larini mevasin tutadi savat.




Bu shunday diyorki,

shundayin diyor.

Eli mehnati-la yashaydi obod.

Hashamga burkangan shahar-u qishloq,

Chunki bu zaminning yuragi ozod.


Zuhra Qurbon Shashrisabziya



Achilova Zuxra Qurbonovna
www.kafiye.net

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Related Posts